

E guruhi 2-turi doirasida kechadigan Al-Rayyan - Persepolis bahsi o'zbekistonlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi. Ilgiz Tantashev ushbu o'yinda bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynulin yordam beradi.
O'yin bugun, Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.



