O'zbekistonning Kuvayt va Urugvay bilan o'yinlar uchun tarkibi ma'lum

Sherzod Nurmatov
3 okt 2025
O'zbekiston milliy terma jamoasi 6 oktyabrdan navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi.

Terma jamoa 9 oktyabr kuni Toshkentda Kuvayt bilan, 13 oktyabr kuni Malayziyada Urugvay terma jamoasi bilan o'ynaydi.

Oktyabr oyidagi yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Neftchi"), Vladimir Nazarov ("Paxtakor")

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Istiqlol", Eron), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"), Farruh Sayfiev ("Neftchi"), Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Jahongir O'rozov ("Dinamo"), Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor"), Dilshod Saitov ("Paxtakor")

Yarim himoyachilar: Akmal Mozgovoy ("Baniyas", BAA), Abdurauf Bo'riev ("Paxtakor"), Odiljon Hamrobekov ("Traktor", Eron), Azizjon G'aniev ("Al Bataeh", BAA), Umarali Rahmonaliev ("Sabah", Ozarbayjon), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Otabek Shukurov ("Baniyas", BAA), Jamshid Iskanderov ("Neftchi"), Oston O'runov ("Persepolis", Eron), Abbosbek Fayzullaev ("Istanbul Bashakshexir", Turkiya), Nodir Abdurazzoqov (OKMK), Anvar Hojimirzaev ("Dinamo")

Hujumchilar: Rustam Turdimurodov ("Surxon"), Eldor Shomurodov ("Istanbul Bashakshexir", Turkiya), Igor Sergeev ("Paxtakor")

Eslatib o'tamiz, O'tkir Yusupov, Husniddin Aliqulov, Abduqodir Husanov, Diyor Xolmatov va Jaloliddin Masharipov jarohat tufayli qaydnomadan tushib qolgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати