O'zFHM: "Nasaf" – "So'g'diyona" uchrashuvida penalti belgilanmasligi kerak edi"

Sherzod Nurmatov
10 okt 2022
O'zbekiston Coca Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "So'g'diyona" uchrashuvining 81-daqiqasida mezbonlar jarima maydonchasi ichida ro'y bergan holat Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko'rib chiqildi.

Unga ko'ra, "So'g'diyona"ning 19-raqamli futbolchisi Javohir Qahramonov to'p uchun kurashda "Nasaf" darvozaboni va himoyachisi bilan to'qnashuvda maydonga yiqilib tushgan. Bosh hakam dastlab o'yin qoidasi buzilmaganligini qayd etgan. Biroq vaziyatni VAR orqali ko'rgach, penalti belgilagan.

"Hakam bu vaziyatda penalti belgilamasdan, o'yinni davom ettirishi kerak edi", – deyiladi Ekspert-hakamlar komissiyasi bayonotida.

Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan uchrashuv bosh hakami harakatlari yuzasidan chora ko'rilishi uchun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar qo'mitasiga taqdimnoma kiritilganini ma'lum qilamiz.

"Nasaf": "Tantashevning so'nggi qarori "ajdarlar"ni qimmatli ikki ochkodan mosuvo qildi"


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази