"Paxtakor" legioneri jamoa bilan rasman xayrlashdi

Mirjalol Normatov
31 may 2018
"Paxtakor"ning avstraliyalik legioneri Rostin Griffits jamoasi bilan xayrlashdi.

"O'zbekistondagi faoliyatim yakuniga etdi. Men va "Paxtakor" rahbariyati shartnomani ertaroq bekor qilishga o'zaro kelishib oldik. Rafiqam va men bu yerda 10 oy davomida yaxshi taassurotlarga ega bo'ldik. O'zim ham kerakli tajribani orttirdim. Ushbu klubga o'zimning eng ezgu tilaklarimni tilayman va "Paxtakor"ning liga chempionligini qo'lga kiritishini istayman. Ushbu qarorga kelishimda katta yordam bergan Buddi Faraxga katta rahmat aytaman.

O'zbekistonda ko'rishguncha. Spasibo, rahmat", - deb yozadi futbolchi o'zining tvitteriga.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/rostyn8