

5-turda "Viktor Ponedelnik akademiyasi" bilan 1:1 natijasi qayd etildi. 5 o'yinda 8 ochko to'plagan Stanislav Kudryashov shogirdlari musobaqada sovrinli 3-pog'onani band etishdi. Chempionlik PAOKka, 2-o'rin "Anji"ga nasib etdi.
Yarim himoyachi Diyor Ramazonov musobaqaning eng yaxshi yarim himoyachisi sifatida etirof etildi. Turnirning yopilish marosimida afsonaviy futbolchi Viktor Ponedelnikning o'zi ishtirok etdi.



