"Paxtakor" uchun 700 mingga tushgan Darko hozir qayerda?

O'tmishda muxlislarning diqqat markazida bo'lgan, ammo so'nggi paytlarda katta sahnadan biroz chekingan futbolchilar haqida ma'lumot beruvchi ruknimiz davom etadi.

Xabaringiz bor, oldiga katta maqsadlar qo'yilgan "Quruvchi" (keyinchalik "Bunyodkor") jamoasi Oliy Ligaga ko'tarilgach, Toshkentning 2 klubi o'rtasida jiddiy raqobat yuzaga kelgan. Moliyaviy sharoitlari juda baquvvat bo'lgan "qaldirg'ochlar" barcha yulduzlarni o'z tarkibida jamlashga harakat qildi. 2008 yilning 1 yanvarida "Paxtakor" yetakchisi Server Jeparov ham raqib lageriga ko'chib o'tadi. "Sherlar" Serverning transferidan 750 ming evro daromad qilishdi (manba: Transfermarkt). Va bu mablag'ning barchasi Jeparovning maydondagi o'rnini to'ldirish uchun sarflandi. 1 oylik qidiruvdan keyin munosib nomzod topildi. Bu Chernogoriyaning "Zeta" jamoasida to'p tepadigan 21 yoshli Darko Markovich edi. "Paxtakor" 1 fevral kuni mazkur futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Buning uchun "sherlar" "Zeta"ning hisob raqamiga 700 ming evro o'tkazib berishgan edi (manba: Transfermarkt).


"Paxtakor" libosida 2010 yilning yoziga qadar o'ynagan yarim himoyachi o'zidan ancha iliq taassurot qoldirdi (58 o'yin, 9 gol). O'zbekiston Oliy Ligasidan keyin Vengriya, Bosniya, Malayziya va Iroq chempionatlarida o'ynagan futbolchi  faoliyatini ayni paytda o'z yurtida davom ettirmoqda. 34 yoshli o'yinchi Chernogoriya 2-ligasida Tivatning "Arsenal" jamoasi sharafini himoya qilyapti.

Doston Ibragimov hozir qayerda?


Manba: championat.asia