"Paxtakor"ning sobiq murabbiyi Rossiya klubida ish boshladi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2025
"Paxtakor" klubida darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlagan 33 yoshli Nikita Shkvirin Qozonning "Rubin" klubida ish boshladi.

U klub tizimida ishlaydi va yosh darvozabonlarga javob beradi.

Shkvirin "Paxtakor" yoshlar jamoasi bilan ikki marta chempion bo'ldi. U "sherlar" asosiy jamoasi darvozabonlar murabbiyiga ham yordam berardi. Shkvirin Otabek Boymurodov, Nikita Shevchenko, Vladimir Nazarov va Maksim Murkaev kabi posbonlar bilan ishlagan.

Takidlash lozimki, Shkvirin UEFA murabbiylik licenziyasiga ega (ham darvozabonlar uchun, ham umumiy).

Ma'lumot uchun, Nikita O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Igor Shkvirinning o'g'li. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia