"Paxtakor"ning U-15 jamoalari xalqaro turnirda qatnashmoqda

Narzulla Saydullayev
10 sen 2018
"Paxtakor" akademiyasining 2003 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari Qozog'istondagi xalqaro turnirda ishtirok etishmoqda.

8-14 sentyabr kunlari Taraz shahrida Anton Shox xotirasiga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tmoqda. Unda Dmitriy An boshchiligidagi "Paxtakor" va Rahmatilla Muhammadrahimov boshchiligidagi "Paxtakor-2" jamoalari qatnashishmoqda. Ular bir davrali tizimda Tarazning "Montajnik", BO'SM Shimkent, Bishkek FM va BO'SM-2 Taraz klublari vakillariga qarshi maydonga tushishadi. Kecha o'tgan birinchi turda "Paxtakor" akademiyasi jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Unda 4:3 hisobida birinchi jamoa g'alaba qozondi.

"Paxtakor" - "Paxtakor-2" - 4:3
Gollar: 
Miftaxutdinov, Fayzullaev, Ergashboev 2 - Bahromov, Abdusalomov, Ibrohimov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz