PFL matbuot xizmati: "Mamur Saidqosimov ishdan ketmagan"

Narzulla Saydullayev
2 avg 2018
So'nggi kunlarda O'FF Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimov o'z lavozimini tark etdi degan mish-mish tarqaldi.

Kuni kecha o'tgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvida komissarlik qilishi kerak bo'lgan Saidqosimovning o'rnida PFL sport direktori Bahodir Mirzaev ishladi.

Bu esa mish-mishlarni yanada avj olishiga sabab bo'ldi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida PFL matbuot xizmati boshlig'i Sherzod Rajabovga murojaat qildik.

- Mamur Saidqosimov ishdan ketmagan. OFK ham komissarni almashtiradi va bu borada hech qanday izoh bermaydi. Bu tashkilotning ichki ishi hisoblanadi. Komissarlar betobligi yoki boshqa sabablar bilan almashtirilishi mumkin", - deydi Rajabov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia