"PlayStation 4". Hamyurtimiz "MDH Yulduzlar kubogi"da finalga chiqdi

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2015
MDH davlatlari ishtirokchilari o'rtasida kompyuter o'yinlari bo'yicha o'tkazilayotgan "Yulduzlar kubogi"/ "Stars Cup" onlayn-turnirida o'zbekistonlik Abdusapi Kayumov ham ishtirok etayotgani haqida xabar berdik.
"PlayStation 4"da FIFA 15 o'yinida o'z kuchini sinab ko'rayotgan hamyurtimiz guruh bosqichida 3-o'rinni olib pley-offga chiqqandi.

Kecha tunda yarim finalda ukrainalik raqibini ikkita o'yinda ham 4:1, 6:2 hisoblarida mag'lub etgan Abdusapi Kayumov finalga yo'llanma oldi.

Endi hamyurtimiz finalda 2014 yilgi Rossiya chempioni, 2013 yilgi Jahon vice-chempioni rossiyalik "Robert Ufenok" jamoasiga qarshi o'ynaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia