Portugaliya terma jamoasi a'zosi faoliyatini tugatdi

Sherzod Nurmatov
11 dek 2025
Yevropa chempioni, Portugaliya terma jamoasi darvozaboni Ruy Patrisiu professional faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Bu haqda "A Bola" xabar bermoqda.

Patrisiu Portugaliya terma jamoasi safida 108 o'yin o'tkazib, 89 ta gol o'tkazgan va 53 ta uchrashuvda darvoza daxlsizligini saqlagan.

Klub darajasida Patrisiu Portugaliyaning "Sporting" jamoasi, Angliyaning "Vulverxempton"i, Italiyaning "Roma" va "Atalanta" klublari, shuningdek, BAAning "Al-Ayn" jamoalari sharafini himoya qilgan.

37 yoshli portugaliyalik darvozabon Millatlar Ligasi g'olibi, Yevropa chempionati va Konfederatsiyalar Kubogining bronza medali sohibi ham hisoblanadi. "Roma" safida esa Konferenciyalar Ligasi g'olibi bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: A Bola