PRO-liga: "Istiqlol" xorijda tayyorgarlik ko'rmoqda

Narzulla Saydullayev
7 mar 2018
Farg'onaning “Istiqlol” jamoasi Pro-liga bahslariga qizg'in tayyorgarlik ko'rish maqsadida qo'shni Qirg'izistonning O'sh shahrida tashkil etilgan "Sulaymon too Kubogi" turnirida ishtirok etmoqda.

Sakkizta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda kurashayotgan turnirda farg'onaliklar “A” guruhida mamlakat oliy ligasining “Akademiya” (O'sh), hamda birinchi liga vakillari “Qizil mehnat” (O'sh) va “Jalolobod” (Jalolobd) jamoalariga qarshi maydonga tushmoqda. “V” guruhini esa oliy liganing “Neftchi” (Qo'chqor Ota), birinchi liganing “O'sh”, “Lining”, “Shaxtyor” (barchasi O'sh shahridan) jamoalari tashkil etgan.
 
“Istiqlol” kecha “Jalolobod” jamoasin  yirik – 12:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdi. To'plarni S.Asqaraliev, E.Akbarov, T.Tolipov, R.Ayvazov (ikkitadan), A.Xojimirzaev, A.Sultonov, T.Sultonov, O.Isroilov kiritishdi.

Hamyurtlarimiz navbatdagi o'yinni bugun Qirg'iziston chempionati oliy ligasi vakili “Akademiya”ga qarshi o'tkazishadi. Guruhdagi so'nggi uchrashuv esa ertaga, “Qizil mehnat” jamoasiga qarshi belgilangan.
 
Guruhlarda birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar yarim finalga yo'llanma olishadi, uchinchi va to'rtinchi o'rindagi jamoalar ham o'zaro kuch sinashishadi. Final uchrashuvi 10 mart kuniga rejalashtirilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz