Pro liganing ketma-ket 8ta o'yinida mag'lub bo'lgan "Do'stlik" ustozi jamoadan ketdi

Aslanov Jasurbek
18 may 2024
"Do'stlik" hamda jamoa bosh murabbiyi Mikola Shevchenko o'rtasida shartnoma bekor qilindi.

Bu haqda klub matbuot xizmati e'lon qildi.

"Jamoamiz rahbariyati va bosh murabbiy Mikola Shevchenko ikki tomonlama kelishuvga asosan shartnomani bekor qilishga qaror qilishdi !


Nikolay Shevchenkoga keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz" - deyiladi rasmiy bayonotda.


Eslatib o'tamiz, Shevchenko boshchiligidagi "Do'stlik" Pro liganing 8ta uchrashuvining barchasida mag'lub bo'ldi va ayni damda oxirgi o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia