PSJ angliyalik futbolchini xarid qilishi mumkin

Alisher
11 iyun 2020
"Kristal Pelas" forvardi Vilfrid Zaa Parij klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

27 yoshli ivuarlik futbolchi yozgi transferlar oynasida Londondan Parijga yo'l olishi mumkin.

Zaa mavsum yakunlangandan so'ng klubini o'zgartirmoqchi. Oldinroq, futbolchiga "Arsenal" va "Everton" klublari qiziqish bildirgandi.

Vilfrid joriy mavsum 30ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal.com