PSJ Draksler uchun 75 mln. evro berishga tayyor

Aslanov Jasurbek
29 avg 2016
PSJ "Volfsburg" yarim himoyachisi Yulian Drakselr uchun kurashga qo'shildi va futbolchi uchun 75 mln. evro to'lashga tayyor.

Nemis klubi 22 yoshli futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas, ammo bu mablag' "bo'rilar" rahbariyati fikrini o'zgartirishi mumkin. Oldinroq "Volfsburg" 60 mln. evro evaziga Yulianni "Arsenal"ga sotmagan edi. "Real" ham Drakslerga qiziqish bildirmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker