PSJ "Lion"ga yordam qo'lini cho'zdi

Sherzod Nurmatov
27 iyun 2025
PSJ klubi prezident Nosir Al Helayfi va "Lion" egasi Jon Tekstor o'rtasidagi munosabatlar iliq emasligiga qaramay, ikkinchi divizionga tushib kyetish arafasida turgan "Lion"ga yordam bermoqchi.

Shu haftada Nazorat va boshqaruv bo'yicha milliy departament (DNCG) moliyaviy muammolar tufayli etti karra Fransiya chempionini Liga 2'ga yuborishga qaror qilgani e'lon qilingandi.

"RMC Sport" Parij klubi Bredli Barkola transferi uchun qolgan summani muddatidan avval "Lion" hisobiga o'tkazib bergan. Fransiyalik vinger 2023 yilning yozida bonuslar bilan birga 50 million evro evaziga PSJga o'tgan edi. Bunday summalar odatda bir necha yil davomida bo'lib-bo'lib to'lanadi.

"Le Figaro"ning qayd etishicha, bu "Lion"ga Liga 1'dagi o'rnini saqlab qolishga yordam berishi mumkin, ammo klub tezda boshqa daromad manbalarini topishi kerak. DNCG qaroriga qarshi shikoyat kelgusi haftalarda ko'rib chiqiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Le Figaro