PSJ Luis Enrikening murabbiylar shtabini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
20 iyul 2023
PSJ avgust oyida Fransiyada boshlanadigan yangi mavsum uchun jamoaning murabbiylar shtabi haqida xabar berdi.

Bu oyda Luis Enrike jamoa boshqaruviga keldi. Unga Rafel Pol Kabanellasi, Aytor Unsue Elorza yordam beradi. Darvozabonlar bilan Borxa Alvares Buedo ishlaydi va unga Jan-Lyuk Ober yordamlashadi. 

Pedro Gomes fitnes bo'yicha murabbiyga, Alberto Pernas esa uning yordamchisiga aylandi. Psixolog Xoakin Valdes Fonseka ham murabbiylar shtabiga qo'shildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: psg.fr