PSJ “Vest Xem” himoyachisiga 50 million taklif qildi

Narzulla Saydullayev
28 okt 2018
Fransiyaning PSJ klubi Londonning “Vest Xem Yunayted” klubi himoyachisi Issa Diopga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Britaniya matbuotidagi xabarlarga qaraganda, parijliklar 21 yoshli fransiyalik futbolchi uchun “bolg'achilar”ga 50 mln funt sterling (taxminan 56 mln evro) taklif qilishyapti. Diopga “Manchester Yunayted” klubi ham og'iz solgan.

“Qizil iblislar” bosh murabbiyi Joze Mourinyoning shaxsan o'zi himoyachini o'z klubi tarkibida ko'rish istagini bildirgan. Portugaliyalik mutaxassis aynan “Vest Xem”dan qabul qilib olingan (1:3) mag'lubiyatdan so'ng Diopni “monstr” deb atagandi.

Ma'lumot uchun, Issa shu yilning iyun oyida “Vest Xem”ga Fransiyaning “Tuluza” jamoasidan 22 mln funt sterling (taxminan 24,7 mln evro) evaziga ko'chib o'tgan edi. Fransiyalik himoyachi o'shanda London klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagandi. Diop “Vest Xem” libosida Premer-liganing barcha 8ta uchrashuvida maydonga tushgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lequipe.fr