Qozog'iston klubi "Al Nassr" futbolchisi transferini e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
25 yanv 2023
“Astana” Gambiya terma jamoasi hujumchisi Dembo Darbo transferini e'lon qildi.

24 yoshli futbolchining huquqlari BAAning “Al Nassr” klubiga tegishli.

Gambiyalik futbolchi ijara shartnomasi asosida Qozog'iston klubiga ko'chib o'tdi. 

Darbo 2022 yilning yozida Belarusning "Soligorsk" klubidan "Al Nassr"ga o'tgandi. Jamoa safida u 16 o'yinda 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. "Al Nassr" va Darbo o'rtasidagi shartnoma 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Hujumchi 2021 yil Gambiya terma jamoasida debyut qilgan va hozirgacha beshta o'yin o'tkazgan.

Ma'lumot uchun, o'zbekistonlik yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov BAA emas, Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi sharafini himoya qiladi. 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Vesti.kz