Rahmonaliev Rossiyaga qaytadimi?

Sherzod Nurmatov
1 yanv 2026
Hozirda Ozarbayjonning "Sabah" jamoasida to'p tepayotgan yarim himoyachi Umarali Raxmonaliev shartnoma asosida tegishli bo'lgan Rossiyaning "Rubin"iga qaytishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'zbekistonlik tayanch yarim himoyachisi qishki transfer oynasi oldidan jamoani kuchaytirishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatidan o'rin olgan. 

Raxmonaliev o'tgan qishdan beri ijara asosida "Sabah"da o'ynab kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi ijara shartnomasi joriy yilning 31 dekabr kuni nihoyasiga etdi.

Avvalroq "Navbahor" Rahmonalievga davogarlik qilayotgani haqida xabar chiqqan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: azerisport.com