

– Peres juda ham oshirib yubordi, – deydi Kalderon Marca nashriga. – U Beylni sotib olishni istashi oqibatida real hayotdan uzilib qoldi. "Real" prezidenti bunday qilmasligi kerak. Peres Beylning transferidan keyingi vaziyatni ko'ra olmayapti. Bu narsa jamoaga ta’sir qilishi mumkin. Sababi Krishtianu Ronaldu bir necha marta uelslik futbolchining klubga kelishi borasida norozilik bildirgandi.



