Ramon Kalderon: "Florentina Peres Beyl borasida oshirib yubordi"

Tolibjon Qosimov
29 avg 2013
"Real" sobiq prezidenti Ramon Kalderon "Qirollik klubi"ning amaldagi prezidenti Florentino Peresni tanqid qildi.
– Peres juda ham oshirib yubordi, – deydi Kalderon Marca nashriga. – U Beylni sotib olishni istashi oqibatida real hayotdan uzilib qoldi. "Real" prezidenti bunday qilmasligi kerak. Peres Beylning transferidan keyingi vaziyatni ko'ra olmayapti. Bu narsa jamoaga ta’sir qilishi mumkin. Sababi Krishtianu Ronaldu bir necha marta uelslik futbolchining klubga kelishi borasida norozilik bildirgandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru