Ranokkiya "Inter"dan ketmoqchi emasligini aytib o'tdi

Tolibjon Qosimov
22 iyul 2013
"Inter" markaziy himoyachisi Andrea Ranokkiya klubni tark etish niyati yo'qligini ma'lum qildi.
"Har bir mavsum transfer mish-mishlari bilan boshlanadi. Biroq mening shartnomam 2015 yil tugaydi. Mening birgina istagim "Inter"da qolish va bu erda o'ynash. Klubni faqat Italiya kubogini yutib tark etish, mag'lubiyat bilan teng. Bunday bo'lishini istamayman", - deydi 25 yoshli futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Ranokkiya "Zenit", "Napoli" va "Milan"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

O'tgan mavsumda Ranokkiya 32 ta o'yinda maydonga tushdi, 2ta gol urdi, 1ta golli pas oshirdi va 12 ta sariq kartochka oldi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com