Rasman: Alisher Jalilov – AGMK futbolchisi!

Оқил Абдубарноев
17 yanv 2022
AGMK jamoasi tojikistonlik Alisher Jalilov bilan kelishuvga erishdi.

Futbolchi olmaliqliklar bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyatini Qozonning “Rubin” klubida boshlagan Alisher Jalilov ma'lum vaqt “Nefteximik” va “Baltika” jamoalari ham o'ynagan. 2019 yildan e'tiboran esa Tojikistonga qaytgan va ketma-ket 3 mavsum “Istiqlol” jamoasi bilan mamlakat chempioniga aylangan.

Alisher Jalilov futbolchilik faoliyatini Rossiyada boshlagan va Rossiyaning turli yoshdagi terma jamoalarida ham faoliyat ko'rsatgan. Keyinchalik esa Jalilov Tojikiston milliy terma jamoasida o'ynashni maqul topgan va futbolchi 2019 yildan e'tiboran Tojikiston milliy jamoasi a'zosi sanaladi.

Alisher Jalilov markaziy yarim himoyachi ampluasida o'ynaydi. Futbolchi faoliyati davomida jami 159 o'yin o'tkazgan va raqiblar darvozasiga 40 ta gol kiritgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: АГМК футбол клуби матбуот хизмати