Rasman: Amirbek Saidov Serbiya klubi a'zosi

Tolibjon Qosimov
2 iyul 2024
Kecha 18 yoshli futbolchi "Bunyodkor" bilan xayrlashgani haqida xabar bergan edik.

"Bunyodkor" hujumchisi klub bilan xayrlashdi. U legionerga aylanmoqda

Bugun Serbiyaning "Edinstvo UB" klubi Amirbek Saidov bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi. Ushbu klub o'tgan mavsum Serbiya Birinchi ligasida 30 o'yinda 52 ochko jamg'argan holda ikkinchi o'rin bilan Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Yangi mavsum Superligada qatnashadi. Yangi jamoasida 18 yoshli hujumchimizga omad tilab qolamiz.

Ma'lumot uchun, 18 yoshli hujumchi joriy mavsum "Bunyodkor" libosida 8 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: instagram.com/fkjedinstvo_ub

O'xshash yangiliklar