Rasman: Karlush Keyrush Qatar terma jamoasidan istefoga chiqarildi

I.J.I
6 dec 2023
Bosh murabbiy Osiyo kubogiga qisqa muddat qolganda istefoga chiqarildi.

Qatar futbol associaciyasi terma jamoa bosh murabbiyi Karlush Keyrush bilan shartnomani ikki tomonning kelishuviga ko'ra bekor qilganini elon qildi. Osiyo kubogiga oz fursat qolganda qatarliklar shunday qarorga kelishgan.

Qatar terma jamoasini Osiyo kubogida hozirga qadar "Al Vakra" klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Markes Lopes boshqarib boradi. 

Markes Lopes va "Al Vakra" klubi bizga begona emas. Qatar jamoasi shu yilgi OCHL saralash bosqichida "Navbahor" jamoaga duch kelgan va imkoniyatni boy bergandi.

"Al Vakra" murabbiyining laqabi mashhur komiks qahramoni nomidan olingan


I.J.IMaqola muallifi
Qopqoq: https://twitter.com/QFA_EN

Izohlar

obs
6 dec 2023
Шу мураббий Узбекистон урнига Колумбияни танлаганди кейин Катанец келди яхшиликка булган экан Катанец термамизга мос мураббий экан
Davronbek Abduvaliev
6 dec 2023
Менимча Қатар футболчилари Эрон футболчиларидек эмас.
Davronbek Abduvaliev
6 dec 2023
Менимча Қатар футболчилари Эрон футболчиларидек эмас.
Ўзбек футболининг муҳлиси
6 dec 2023
Қачон бу Қатарга тренер бўлганди???
архимед
6 dec 2023
эронга келади эрон билан умрбод шартнома имзолайди