Rasman: Kuadrado "Inter" bilan bir yillik shartnoma imzoladi

Administrator
19 iyul 2023
Futbolchi yiliga 2,5 mln evro maosh oladi.

"Inter" klubi rasman futbolchi Xuan Kuadrado bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi. 

Milan klub 35 yoshli futbolchini erkin agent sifatida o'z tarkibiga qo'shib oldi. Shartnoma 2024 yilning 30 iyun kuniga qadar davom etadi. Avvalroq, futbolchining maoshi 2.5 mln evro bo'lishi xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun, Kuadrado "Yuventus" tarkibida 8 yil harakat qilgandi. Shu davr mobaynida 314 o'yin o'tkazgan Xuan jamoa bilan 11 ta sovrin yutdi.


AdministratorMuallif
Manba: inter.it