Rasman: “Liverpul “ himoyachisi “Vulverxempton”ga o'tdi

Eldor Akmurzayev
19 sen 2020
“Qizillar” a'zosi Ki-Yana Xuver faoliyatini “bo'rilar” safida davom ettiradi.

“Vulverxempton” 18 yoshli niderlandiyalik bilan 5 yillik shartnoma tuzdi. Transfer summasi esa 9+4,5 mln funtga baholanmoqda.

Xuver 2018 yil “Ayaks”da mersisaydliklar safiga kelib qo'shilgan. Ki-Yana Xuver poziciyasi bo'yicha o'ng qanot himoyachisi, ammo markaziy himoyada ham o'ynay oladi. U asosiy jamoada 4 o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga erishgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Wolves