Rasman: Mahmud Mahamadjonov "Andijon" bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2026
"Mavsum-2026" uchun jiddiy hozirlik ko'rayotgan andijonliklar selekciya ishlarida faollik ko'rsatishmoqda.

Jamoaning Turkiyadagi yig'iniga iqtidorli himoyachi Mahmud Mahamadjonov kelib qo'shildi va klub bilan uch yillik shartnomaga qo'l qo'ydi.

Futbolchi haqida ma'lumot:

Tug'ilgan sanasi: 30.06.2003

Sobiq klublari: "Bunyodkor", "Paxtakor", "Dinamo".

Statistika: Faoliyati davomida 80 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Mahamadjonov muxlislarga nafaqat klublardagi o'yinlari, balki O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safidagi muvaffaqiyatlari bilan ham yaxshi tanish. U 2023 yilgi Osiyo kubogida O'zbekiston U20 terma jamoasi bilan chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати