Rasman: "Manchester Siti" Agilar bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
19 apr 2020
"Manchester Siti" "Alyans Lima" jamoasi o'ng qanot himoyachisi Klyuyvert Agilar bilan kelishib oldi.

Ushbu transfer 2021 yilning may oyida, yani, futbolchi 18 yoshga to'lganidan keyin amalga oshadi. Bu haqda Peru klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Manchester Siti"ga o'tish - faoliyatimda bundan katta voqea bo'lmasligi aniq. Ular men bilan shartnoma imzolaganidan xursandman. Klubning ajoyib murabbiyi, futbolchilari va muxlislari bor. Endi ushbu jamoaning asosiy futbolchisi bo'lishni maqsad qilaman. Yevropa futboliga qadam qo'yishimdan mamnunman. Biroq hozircha "Alyans Lima" tarkibidaman", - dedi 16 yoshli Agilar.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal