Rasman: "Milan" "Manchester Siti" himoyachisi transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
25 yanv 2025
Himoyachi Kayl Uoker "Manchester Siti"ni tark etdi.

"Milan" futbolchini ijara asosida o'z safiga qo'shib olganini ma'lum qildi. Bunda futbolchini sotib olish huquqi ham bor. Shunday bo'lgan taqdirda "rossoneri" angliyalikni 5 mln evro evaziga sotib olishi mumkin.

Uoker yangi jamoasida 32-raqamda o'ynaydi.

34 yoshli futbolchi ushbu mavsumda APLning 15 o'yinida qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: acmilan.com