Rasman: "Milan" Reyna bilan kelishuvga erishdi

Mirjalol Normatov
15 may 2018
"Milan" sport direktori Massimo Mirabelli "Napoli" darvozaboni Pepe Reyna bilan kelishuvga erishganini tasdiqladi.

"Bizga tajribali futbolchilar kerak. Reyna nafaqat maydonda, balki kiyinish xonasida "Milan"ga yordam bera oladi. Bu transfer bizga faqatgina foyda uchun xizmat qiladi", - dedi Mirabelli.

Bu mavsumda Reyna "Napoli" tarkibida barcha turnirlarda 46 uchrashuvda maydonga tushdi va 42 gol o'tkazib yubordi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru