Rasman: Mozgovoy - "Paxtakor" futbolchisi

Sherzod Nurmatov
3 fev 2026
Akmal Mozgovoy rasman "Paxtakor" futbolchisiga aylandi.

"Milliy terma jamoamiz yarim himoyachisi BAAning "Baniyas" klubidan "Paxtakor"ga transfer qilindi. Mozgovoy bilan klubimiz o'rtasida 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekildi", – deyiladi "sherlar" matbuot xizmati xabarida.

Akmal hozirga qadar Superligada 163 o'yinda 13 gol muallifi bo'lgan. Osiyo klublari musobaqalarida 30 bellashuvda 5 to'p kiritgan. Milliy terma jamoa tarkibida esa 21 bahsda 1 gol muallifiga aylangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати