Rasman: Nurillo To'xtasinov Malayziya klubiga o'tdi

Mirjalol Normatov
9 iyul 2023
"Neftchi"ning birinchi davra mavsumida yorqin va hujumkor o'yinlari bilan muxlislar e'tiboriga tushgan va mehrini qozongan yarim himoyachi Nurillo To'xtasinov keyingi faoliyatini Malayziyada davom ettiradigan bo'ldi.

"Uning "Neftchi" bilan yil oxirigacha tuzgan shartnomasi bilan bog'liq moliyaviy muammolarni Malayziya klubi o'z mablag'i hisobiga hal etishga rozilik bildirdi va yakunda futbolchi "Terengganu" futbol klubiga transfer qilindi. 

"Neftchi" rahbariyati  futbolchiga jamoani peshqadamlar safiga olib chiqishdagi xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildirib, uning bundan buyongi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi", - deb yoziladi klub bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати