

Ikkinchi davra oldidan selekciya ishlari doirasida OKMK jamoasi o'z tarkibini yangi futbolchi bilan to'ldirdi. Markaziy himoyachi Shahzod Toirov klub bilan 2026 yil oxirigacha mo'ljallangan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyatini Termizning Surxon jamoasida boshlagan Toirov keyinchalik Olimpikva Navbahor klublarida to'p surgan. U 24 yoshda bo'lib, shu vaqtgacha 71 uchrashuvda maydonga tushgan va 5116 daqiqa harakat qilgan. Faoliyati mobaynida raqib darvozasini bir marta ishg'ol etgan



