Rasman: “Vulvz” 32 mln evroga vinger sotib oldi va o'z himoyachisini “Everton”ga ijaraga berdi

Eldor Akmurzayev
9 avg 2022
“Valensiya” futbolchisi Gonsalu Gedesh faoliyatini “Vulverxempton”da davom ettiradi.

“Bo'rilar” 25 yoshli portugaliyalikni 32 mln evroga transfer qildi va 2027 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Shuningdek, “Vulvz” himoyachi Konor Koudini “Everton”ga sotib olish huquqi bilan ijaraga berdi. 29 yoshli ingliz 2015 yildan beri jamoa sharafini himoya qilib kelayotgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: wolves.co.uk, evertonfc.com