Rasman. "Yuventus" futbolchisi APLga ko'chib o'tdi

Khoja
22 avg 2025
"Yuventus" yarim himoyachisi Duglas Luis faoliyatini yana APLda davom ettiradi.

Braziliyalik futbolchini "Nottingem Forest" klubi sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga oldi. Transfer narxi 30 million evroga teng. 

The Sun xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchining sotib olish majburiyati uning "o'rmonchilar" safida o'tkazgan o'yinlari soniga bog'liq bo'ladi. Agar u kerakli miqdordagi o'yinda maydonga tushmasa, "Nottingem Forest" yarim himoyachini taxminan 30 million evroga sotib olishi mumkin bo'ladi.

Braziliyalik futbolchi 2024 yil yozida "Yuventus" safiga qo'shilgan. O'tgan mavsumda Luis barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda ishtirok etdi, ammo hech qanday samarali harakat ko'rsata olmadi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 30 million evroni tashkil etadi.


KhojaMuallif
Manba: The Sun