Ravshan Bozorov "Navbahor" bosh murabbiyi etib tayinlandi

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2016
“Navbahor” – “Andijon” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach, “Navbahor” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar va futbolchilar o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda “Navbahor” jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Mazkur yig'ilishda shu kunga qadar birinchi liga vakili “Norin” jamoasida bosh murabbiy sifatida ish yuritib kelayotgan Ravshan Bozorov murabbiy va futbolchilarga “Navbahor” jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Hozircha Bozorovga murabbiylar shtabida Rustam Do'rmonov, Fayzullo Ahmedov va Arslon Tolipovlar yordam beradigan bo'lishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz