Rayan Giggz MYUda penaltilarni kim tepishi kerakligini aytdi

Uning fikriga ko'ra, 11 metrli jarima zarbalarini Pol Pogba amalga oshirmasligi kerak.

“Reshford qaror chiqaruvchi bo'lishi kerakligini namoyish etishi kerak. Aynan u penaltini amalga oshirishi kerak edi. U Pogbadan to'pni olsa bo'lardi. Pogbaning penaltilarni amalga oshirish borasida statistikasi ham yaxshi emas. Polning to'p oldiga kelganidan ajablanmadim. U o'ziga bo'lgan ishonchga ega. Men o'tgan o'yinda 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirib, bu safar to'pning yoniga ham kelmagan Markusning harakatlaridan ajablandim”, - deydi Giggz.

Eslatib o'tamiz, Pol Pogba APLning 2-turida “Vulverxempton”ga qarshi bahsda penaltidan gol ura olmagandi.


Manba: Optus Sport