Rayola Pogba "Yuventus"ga qaytishi mumkinligini aytdi

Alisher
18 sen 2021
"Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola futbolchining "Yuventus"ga qaytishi mumkinligini aytdi.

"Iyunda Pogbaning shartnomasi yakunlanadi. Biz "Manchester Yunayted" bilan gaplashamiz va nima bo'lishini ko'ramiz. "Yuventus"? Pol hali ham Turinni sevadi.

Uning "Yuventus"ga qaytish imkoniyati bor, ammo bu "Yuve"ning rejalariga ham bog'liq", - deydi Rayola.

Eslatib o'tamiz, Pogba 2012-2016 yillar davomida "Yuventus"da o'ynagan, so'ngra 105 mln evro evaziga MYUga o'tgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano