"Real" Daniya terma jamoasi o'yinchisi Damsgorga qiziqmoqda

Alisher
13 iyul 2021
Daniya terma jamoasi va "Sampdoriya" yarim himoyachisi Mikkel Damsgor Madridning "Real" klubi o'yinchisiga aylanishi mumkin.

"Real" 21 yoshli o'yinchi uchun "Barselona", "Liverpul", "Everton", "Milan", "Inter", "Yuventus" va "Roma" bilan kurashishiga to'g'ri keladi.

Qayd etish kerakki, "Sampdoriya" daniyalik futbolchini ushbu transfer oynasida qo'yib yubormoqchi emas.

Damsgor o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport