

"Real" La Ligada g'olib chiqishi uchun qolgan 8 turda 16 ochko jamg'arishi zarur. Shunday bo'lgan taqdirda, madridliklar raqiblarining natijalarini kutishlariga zarurat qolmaydi.
Buning uchun Karlo Anchelotti jamoasi kamida:
- 5 g'alaba, 1 durang va 2 mag'lubiyat;
- 4 g'alaba va 4 durang qayd etishi zarur.
Taqvimga qaraydigan bo'lsak, "Real"ni uyda "Xetafe", "Espanol", "Levante" va "Betis" bilan bo'ladigan o'yinlar kutib turibdi. Shuningdek, "Sevilya", "Osasuna", "Atletiko" va "Kadis"ga qarshi safardagi bellashuvlar bor.




