"Real" La Ligada chempionlikni qachon rasmiylashtirishi mumkin?

Omonjon To`xtamirzayev
7 apr 2022
"Qirollik klubi" chempionatda yetakchilikni saqlab turibdi va titulni qo'lga kiritishni maqsad qilgan.

"Real" La Ligada g'olib chiqishi uchun qolgan 8 turda 16 ochko jamg'arishi zarur. Shunday bo'lgan taqdirda, madridliklar raqiblarining natijalarini kutishlariga zarurat qolmaydi. 

Buning uchun Karlo Anchelotti jamoasi kamida:

- 5 g'alaba, 1 durang va 2 mag'lubiyat;

- 4 g'alaba va 4 durang qayd etishi zarur.

Taqvimga qaraydigan bo'lsak, "Real"ni uyda "Xetafe", "Espanol", "Levante" va "Betis" bilan bo'ladigan o'yinlar kutib turibdi. Shuningdek, "Sevilya", "Osasuna", "Atletiko" va "Kadis"ga qarshi safardagi bellashuvlar bor.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia