“Real Madrid” Mbappega qachon rasmiy taklif yuborishi ma'lum

Khoja
1 yanv 2024
“Real Madrid” PSJ hujumchisi Kilian Mbappega bugun rasmiy taklif yuboradi.

Madrid tomoni Mbappeni yanvar oyining o'rtasiga qadar kutadi va agar shu vaqt davomida Mbappe transfer uchun rozilik bersa, madridliklar harakatlarini davom ettiradi. Muddat tugagunga qadar Fransiyalik rozi bo'lmasa, “Real Madrid” boshqa bu mavzuga qaytmaydi.

Eslatib o'tamiz, Mbappening PSJ jamoasi bilan shartnomasi shu yilning yozida yakunlanadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com