"Real" "Manchester Siti" o'yinchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
14 yanv 2025
"Real" "Manchester Siti"ning braziliyalik vingeri Savino bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

"Qaymoqranglilar" o'yinchini kuzatish uchun skautlarini "Lester" va "Vest Xem"ga qarshi o'yinlarga yubordi. Klub o'yinchidan mamnun. Futbolchi uchun shuningdek PSJ davogarlik qilmoqda. "Man Siti" esa Savinoning sotuviga qiziqmayapti.

Futbolchi o'tgan yozda "Man Siti"ga o'tdi. Futbolchi "shaharliklar" safida 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 8ta assist qayd etdi. O'yinchining ingliz klubi bilan mehnat kelishuvi 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi.


AlisherMuallif
Manba: CaughtOffside