"Real" "Manchester Yunayted" sardorini sotib olishga urinib ko'rishi mumkin

Alisher
30 mar 2025
"Real" "Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh transferini ko'rib chiqmoqda.

"Los Blankos" so'nggi haftalarda "Yunayted"ning uy va safardagi har bir o'yiniga skautlar jo'natdi. Madridliklar 30 yoshli futbolchi haqida aniqroq tasavvurga ega bo'lmoqchi edi. Hisobotga ko'ra, ehtimoliy bitim qiymati 90 million funt sterlingni tashkil qilishi mumkin.

Portugaliyalikning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan va yana 12 oyga uzaytirilishi mumkin.

Fernandesh joriy mavsum APLda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


AlisherMaqola muallifi
Qopqoq: Daily Star

Izohlar

Murod Muxammadiyev
30 mar
Umuman kerak emas muxitni buzadigan o'yinchi
Akrom Tuychiyev
30 mar
Nega Fernandeshni unaqa deb oʻylashadi tushunmayman. Hech kim uni tanimaydiku shaxsan. Xattoki jamoaga aloqador kimdir intervyu berib uni yomonlagan bulsa ham mayli. Xozir jamoani eng yaxshi oʻyinchisi shu boʻlib turipti ozi.
Abduraxim
30 mar
MYu hozirgi liderini sotmasa kere
Futbol Uchun
30 mar
Яхши футболчи, лекин 30 ёшли футболчига 90 млн нарх баландроқ.
{ CHELSEA }
30 mar
Peres tarkibni yoshartirayaptiyu... Katta ehtimol bilan kelmaydi...