

Oldinroq 27 yoshli futbolchi "Real" bilan shartnoma imzolashini "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peresning o'zi istayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.
Ammo braziliyalikning transferidan voz kechildi. Chunki u "Barselona"ga qaytishni istamoqda. Undan tashqari PSJ ham bu borada "Real" bilan muzokara o'tkazishdan bosh tortgan.
Endi "Real"ning asosiy maqsadi Kilian Mbappe bo'lib turibdi. Tomonlar yaqin vaqtlarda muzokaralarni boshlaydi.



