"Real" sobiq himoyachisi faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
18 iyul 2025
"Real" sobiq himoyachisi va sardori Lukas Vaskes faoliyatini "Yuventus"da davom ettirish ehtimoli bor.

Taniqli insayder Nikolo Skmraning so'zlariga ko'ra, agentlar ispaniyalikni turinliklarga taklif qilgan. Shu bilan birga, 34 yoshli futbolchi joriy transfer oynasida "Yuventus"ning ustuvor maqsadi emasligi qayd etilgan.

Vaskes hozirda erkin agent hisoblanadi. U "Real" safida 10 mavsumda 402 ta o'yin o'tkazib, 23 ta sovrinni qo'lga kiritgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira