"Real" sobiq o'yinchisi klubda irqchilik bo'lganini aytdi

Alisher
1 may 2020
"Real"ning kolumbiyalik sobiq futbolchisi Freddi Rinkon klubda terisining rangi tufayli muammolarga duch kelganini tan oldi.

"Real"da muvaffaqiyat qozonishim uchun oq rangda bo'lishim kerak edi. Men kundalik hayotimda rasizmga duch kelmadim, ammo jamoada bu narsa bor edi.

Vaziyat Xorxe Valdano uchun qiyin bo'lgan, unga bosim katta bo'lgan. Ammo, men unga meni o'yinchi va inson sifatida ulg'aytirgani uchun minnatdorchilik bildiraman", - deydi Rinkon.

Rinkon "Real"ga 1995 yilning yozida "Napoli"dan o'tgan edi. Rinkon Madrid klubidagi bir mavsumdan so'ng, "Palmeyras"ga yo'l olgan.


AlisherMuallif
Manba: Gol Caracol