

Qayd etilishicha, ispan klublari hujumkor yarim himoyachining ijodkorligi va texnik mahoratini yuqori baholagan. Futbolchi hozirda Yevropa skautlari reytingida yetakchilik qilmoqda. "Ayaks"ga hozircha rasmiy takliflar kelib tushgani yo'q. Ammo, "Real" va "Barselona"ning qiziqishi kuchli va maqsadli ekani aytilmoqda.
Rayan Bunida Belgiyaning “Anderlext” klubi tarbiyalanuvchisi bo'lib, kattalar darajasida faqat “Ayaks”da o'ynagan. U joriy mavsum Niderlandiya chempionatida 8 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



